Prezident Shavkat Mirziyoyevning yaqinda IT Parkka tashrifi chog‘ida davlat boshqaruvi va turli sohalarda sun’iy intellektdan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan loyihalar taqdim etildi. Ular orasida kompaniyamiz rahbari Samandar Tursunaliyev tomonidan taqdim etilgan Kotib AI loyihasi ham bo‘lib, u ish samaradorligini oshirish, biznes jarayonlarini optimallashtirish va kundalik faoliyatni yengillashtirish imkoniyatlari bilan e’tiborni tortdi.
Prezident bunday mahalliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, sun’iy intellekt texnologiyalarini iqtisodiyotning turli tarmoqlariga joriy etish zarurligini ta’kidladi. Kotib AI’ning davlat rahbari darajasida e’tirof etilishi bizning jamoamiz va O‘zbekistonning sun’iy intellekt ekotizimi uchun muhim bosqich bo‘ldi.



